To‘g‘ri chiziq — bu cheksiz uzun bo‘lgan to‘g‘ri yo‘nalish. U hech qayerda tugamaydi va ikki tomonlama davom etadi. | |||
Quyidagi jadvalda esa to`g`ri chiziq va unga o`xshab ketadigan temir yo`l reyslari ko`rsatilgan. |
|||
|
|||
Nur — bu bitta tomondan chegaralangan to‘g‘ri chiziqning bir qismi. U bitta nuqtadan boshlanadi va bir tomonlama cheksiz davom etadi. |
|||
Quyidagi jadvalda esa nur va unga o`xshab ketadigan quyosh nurlari ko`rsatilgan. |
|||
|
|||
Kesma — bu to‘g‘ri chiziqning ikkala tomoni chegaralangan qismi. Ya’ni, u ikki nuqta orasida joylashgan va cheklangan uzunlikka ega. |
|||
Quyidagi jadvalda esa kesma va unga o`xshab ketadigan gugurt cho`pi ko`rsatilgan. |
|||
|
|||
To‘g‘ri chiziq cheksiz, nur bitta tomondan cheksiz, kesma esa cheklangan uzunlikka ega! |
|||