Testbordan iqtidorli bolalar klubi: Ota-onalar uchun to'liq ma'lumot
Ta'lim qanday tashkil etilgan?
Klublardagi sinflar
O‘quvchilar 1–11 sinflarga bo‘linadi, ular maktabdagi sinflariga emas, balki bilim darajalariga muvofiq taqsimlanadi.
Sinflar ichidagi guruhlar:
- A guruhi: Sinf dasturi uchun 6-8 hafta.
- B guruhi: Sinf dasturini uchun 12-16 hafta.
- C guruhi: Sinf dasturi uchun esa ko‘proq vaqt ajratiladi,24-32 hafta davom etadi.
Darslar qanday o‘tadi?
Vaqt:
Darslar maktabdan keyin, haftasiga 2–3 marta, 1,5–2 soat davom etadi.
Format:
Barcha mashg‘ulotlar Tutor Testbor onlayn platformasida
tajribali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
Dars rejasi
Kirish (5-10 minut)
- O'quvchilarni darsga tayyorlash.
- O'tilgan mavzu bo'yicha qisqa savol-javob.
Mavzu tushuntirishi (20-30 minut)
- Asosiy mavzuni o'rganish.
- Mavzuga oid asosiy tushunchalar va qoidalarni tushuntirish.
- Real hayotiy misollar yoki vizual materiallardan foydalanish.
Sinf vazifasi (20-30 minut)
- O'quvchilar bilan birgalikda mashqlarni bajarish.
- Bir nechta namunaviy misollarni birgalikda ishlash.
- Mustaqil bajarish uchun mashqlar berish va natijalarni muhokama qilish.
Tushuntirish (20-30 minut)
- O'quvchilarning mashqlarida uchragan xatolarni ko'rib chiqish.
- Savollarni aniqlashtirish va murakkab jihatlarni qayta tushuntirish.
- Mavzuni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumotlar berish.
Musobaqa uyushtirish (20 minut)
- Mavzuga oid qisqa viktorina yoki musobaqa tashkil etish.
- Guruhli yoki individual formatda o'tkazish.
- G'oliblarga kichik rag'batlantirish mukofotlari (TCoin yoki ball).
Farzandingiz nimaga ega bo‘ladi?
Bilim:
- Matematika va mantiqni chuqur o‘rganadi.
- Klubni tamomlagan o‘quvchilar dasturlash va algoritmlar kursiga kirish huquqiga ega bo‘ladilar.
Shaxsiy rivojlanish:
- Chaqiruv va tanlovlar orqali o‘ziga ishonch hosil qiladi.
- Murakkab masalalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Motivatsiya:
- O‘quvchilar topshiriqlar, chaqiruvlar va uy vazifalarini bajarish orqali TCoin yig‘adilar. TCoin Testbor platformasi do‘konlarida tovarlar xarid qilish uchun ishlatiladi.
Qo‘llab-quvvatlash:
- O‘qituvchilar muntazam fikr-mulohaza beradi.
- AI yordamida bilimlardagi bo‘shliqlar aniqlanadi va ular bartaraf etiladi.
Nazorat va intizom
Ota-onalar uchun nazorat imkoniyati:
- Har bir dars va vazifa natijalari haqida batafsil hisobotlar taqdim etiladi.
- Bolaning kuchli va zaif tomonlari, test natijalari va takliflar haqida to‘liq ma'lumot beriladi.
Intizom talablari:
- Agar o‘quvchi 3 marta darsni sababsiz qoldirsa, u klubdan chetlashtiriladi.
Ko'p uchraydigan savollar
AloqaIqtidorli bolalar klubi – bu farzandingizga chuqurlashtirilgan bilim olish va o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatini taqdim etadigan noyob ta'lim markazi. Klubning asosiy tamoyillari – individual yondashuv, zamonaviy texnologiyalar va intizom orqali yuqori natijalarga erishishdir.